NIZOM
I. MUSOBAQANING MAQSAD VA VAZIFALARI
“Aral chess 2026” xalqaro shaxmat musobaqasi (keyingi o‘rinlarda – musobaqa) quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini ta’minlash;
- Mamlakatimizda shaxmat sportini yanada kengroq targ‘ib qilish va yoshlarni sport musobaqalariga ommaviy ravishda jalb qilish;
- O‘zbekistonlik shaxmatchilarning bilim va tajribalarini yanada rivojlantirish va ularni munosib rag‘batlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
- Havaskorlar va yosh shaxmatchilarning sport malakalarini oshirish, o‘quvchilarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish;
- Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va madaniy-sport aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadlarida o‘tkaziladi.
II. TURNIRNI O‘TKAZISH TARTIBI
Musobaqani tashkil etish va o‘tkazish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi (keyingi o‘rinlarda – tashkilotchi) tomonidan amalga oshiriladi;
Musobaqa Nukus shahridagi “1-sonli Nukus shahar sport maktabi” binosida 2026-yil 9-dekabr (kelish kuni) – 14-dekabr (so‘nggi tur va ketish kuni) bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, 1-sonli Nukus shahar sport maktabi binosi, I.Karimov ko‘chasi 116-uy.
Musobaqa FIDE qoidalari asosida 2 (ikki) guruhda tashkil etiladi:
- “A” guruhi – 1800 va undan yuqori FIDE reytingga ega bo‘lgan, shuningdek, musobaqa tashkilotchilari tarafidan 10 nafar taklif etilgan xorijlik, FIDE reyting ko‘rsatkichi 2400 va undan yuqori bo‘lgan.
- “B” guruhi – 1999 va undan past FIDE reytingga ega bo‘lgan, shuningdek, FIDE reytingga ega bo‘lmagan shaxmatchilar ishtirok etishi mumkin.
Musobaqa ishtirokchilarining FIDE reytingi (standart) 2026-yil 1-dekabr holati hisobga olinadi.
Musobaqa shveysarcha tizim standart yo‘nalishida 9 turda o‘tkaziladi. Har bir ishtirokchiga 90 daqiqadan vaqt beriladi va birinchi yurishdan boshlab har bir yurishga 30 soniyadan vaqt qo‘shib boriladi. 30 yurishgacha durangga kelishish mumkin emas.
Har bir turga maksimal kechikish vaqti 15 daqiqa. Hech qanday ogohlantirishsiz 2 ta turga kelmagan ishtirokchilar musobaqa bosh hakami tomonidan keyingi tur qur’asiga qo‘shilmaydi.
Qur’a tashlash jarayoni Swiss Manager programmasida bajariladi.
Musobaqaning barcha ishtirokchilari 2026-yil 9-dekabr soat 14:00–18:00 ga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi 1-sonli Nukus shahar sport maktabi binosiga kelib o‘z ishtirokini tasdiqlashi shart. Aks holda qur’a jadvalidan olib tashlanadi.
Musobaqada ishtirok etishni istagan xorijlik shaxmatchilar 2026-yilning 1-dekabriga qadar O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining rasmiy elektron pochtasi uzchess@inbox.ru orqali ariza yuborishlari mumkin.
Tadbir dasturi: “A” va “B” guruhlar uchun:
| Sana | Tadbir | Vaqt |
|---|---|---|
| 09.12.2026 | Kelish kuni | 18:00 gacha |
| 10.12.2026 | Ochilish marosimi | 09:00 |
| 10.12.2026 | 1-tur | 09:30 |
| 10.12.2026 | 2-tur | 15:00 |
| 11.12.2026 | 3-tur | 09:30 |
| 11.12.2026 | 4-tur | 15:00 |
| 12.12.2026 | 5-tur | 09:30 |
| 12.12.2026 | 6-tur | 15:00 |
| 13.12.2026 | 7-tur | 09:30 |
| 13.12.2026 | 8-tur | 15:00 |
| 14.12.2026 | 9-tur | 09:30 |
| 14.12.2026 | Taqdirlash marosimi | 15:00 |
| 14.12.2026 | Ishtirokchilarni kuzatish | 17:00 dan |
III. TURNIR G‘OLIBLARINI ANIQLASH VA TAQDIRLASH
G‘oliblar to‘plangan ochkolar soni bo‘yicha aniqlanadi. Agar ochkolar soni teng bo‘lsa, u holda quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlanadi:
- Qisqartirilgan Buxgolts koeffitsiyenti −1;
- Buxgolts koeffitsiyenti;
- Shaxsiy uchrashuv;
- G‘alabalar soni;
- Reyting perfomans va boshqalar.
Agar ishtirokchilarning ochkolari teng bo‘lsa, ularning sovrinlari taqsimlanmaydi va yuqorida ko‘rsatilgan tenglik bo‘yicha taqsimlanadi. Agar bitta o‘yinchi ikkita nominatsiyada g‘olib chiqsa, sovrinlar umumlashtirilmaydi, kattaroq sovrin yoki bosh sovrin beriladi.
Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 350 000 000 so‘mni tashkil qiladi;
G‘olib va sovrindorlar quyidagi tartibda pul mukofoti bilan taqdirlanadilar:
Pul mukofotlari sovrindorlarga ular barcha kerakli hujjatlarni taqdim etgandan keyin ularning hisob raqamlariga, bank kartalariga o‘tkazib beriladi yoki naqd pul shaklida berilishi mumkin;
IV. TURNIR ISHTIROKCHILARI VA BADALI
“A” guruhi quyidagi ishtirokchilar uchun bepul:
- Xalqaro unvonga ega shaxmatchilar GM, IM, WGM, WIM.
O‘zbekistonlik “A” guruhi ishtirokchilar uchun (1-dekabrgacha to‘lanadi):
- FIDE reytingi 2200 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar uchun 300 000 so‘m,
- FIDE reytingi 2000–2199 bo‘lgan shaxmatchilar uchun 350 000 so‘m,
- FIDE reytingi 1800–1999 bo‘lgan shaxmatchilar uchun 400 000 so‘m;
O‘zbekistonlik “B” guruhi ishtirokchilar uchun (1-dekabrgacha to‘lanadi):
- FIDE reytingi 1800–1999 bo‘lgan shaxmatchilar uchun 300 000 so‘m,
- FIDE reytingi 1600–1799 gacha bo‘lgan shaxmatchilar uchun 350 000 so‘mni tashkil etadi;
- FIDE reytingi 1599 va undan past bo‘lgan shaxmatchilar uchun 400 000 so‘mni tashkil etadi.
- FIDE reytingiga ega bo‘lmagan shaxmatchilar uchun 450 000 so‘mni tashkil etadi.
60 yoshdan oshgan faxriylar, jismoniy nogironligi bor shaxslar, xotin-qizlar va qoraqalpog‘istonlik shaxmatchilar uchun 50% chegirma taqdim etiladi.
Ishtirokchilar o‘z badallarini O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining bank hisob raqamiga o‘tkazadilar:
- Hisob raqami
- 2021 2000 9001 7827 6006
- INN
- 201710234
- Bank nomi
- PJSCB “DAVR BANK”
- MFO
- 00981
Xorijlik ishtirokchilar uchun (1-dekabrgacha toʻlanadi): 100 AQSh dollari.
Xorijlik fuqarolar to‘lovlarini quyidagi bank hisobiga to‘laydilar:
- Oluvchi
- O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi
- Hisob raqami
- 2021 2840 2001 7827 6009
- S.W.I.F.T.
- DVRBUZ22
- Bank nomi
- P.J.S.C. “DAVR BANK”
- Manzil
- 98A Karimov str, Tashkent, Uzbekistan
- Bank telefon raqami
- (99871) 207-09-81
V. APELLYATSIYA QO‘MITASI
Turnir natijasi bo‘yicha berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun kamida 5 kishidan (3 asosiy, 2 zaxira) iborat apellyatsiya qo‘mitasi tashkil etiladi. Apellyatsiya qo‘mitasi tarkibi tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlanadi.
Turnir hakamlaridan va ularning qabul qilgan qarorlaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilar musobaqa jarayonida apellyatsiya qo‘mitasiga turning oxirgi o‘yini tugaganidan so‘ng 1 (bir) soat ichida murojaat qilishlari mumkin.
VI. FAIR PLAY QOIDALARI
Barcha ishtirokchilar FIDEning Fair play qoidalariga amal qilishlari va hamkorlik qilishlari talab etiladi. O‘yinchilar istalgan vaqtda bosh hakamning Fair play qoidalariga asoslangan yakuniy qaroriga binoan turnirdan chetlatilishi mumkin.
Barcha o‘yinchilar yuqorida aytib o‘tilgan harakatlar ustidan arbitraj, maslahatlashuv yoki biron bir yurisdiksiya doirasida sudga shikoyat qilish huquqiga ega emas. Ishtirokchilar turnir davomida tuzilgan juftliklar uchun apellyatsiyaga berish huquqiga ega emaslar. Turnirda ro‘yxatdan o‘tish orqali o‘yinchilar turnir bilan bog‘liq hech qanday moliyaviy kompensatsiya yoki turnir bilan bog‘liq tuzatish talab qilish huquqiga ega bo‘lmaydilar.
Tadbirning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun Tashkilotchi tegishli xabarnoma bilan jadvalni o‘zgartirish, reglamentni yangilash yoki amaldagi qoidalarda ko‘rsatilmagan har qanday masala bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga ega.
VII. VIZALAR
O‘zbekistonga kirish uchun viza zarur bo‘lgan ishtirokchilar 2026-yilning 15-noyabriga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari, pasport nusxalarini yuborishlari kerak. Aks holda, tashkilotchilar viza yordamini kafolatlamaydi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi viza berishga ruxsat bermasa, tashkilotchilar viza bo‘yicha hech qanday yordam ko‘rsata olmaydi.
VIII. KIYINISH TARTIBI VA SOG‘LIQNI SAQLASH CHORALARI
Turnirda FIDE dress kod qoidalariga amal qilinadi.
Tana harorati ko‘tarilgan yoki boshqa kasallik belgilari bo‘lsa, ishtirokchi turnirdan chetlashtirilishi mumkin. Agar kerak bo‘lsa, keyinroq qo‘shimcha qoidalar chiqarilishi mumkin.
IX. TURNIRNI MOLIYALASHTIRISH
Sovrin jamg‘armasi va tashkiliy xarajatlar, hakamlar, transfer, turar joy va turnirning taklif etilgan ishtirokchilari va rasmiy shaxslari uchun to‘lovlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan qoplanadi.
X. YAKUNIY QOIDALAR
Musobaqalarning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun musobaqa nizomiga tashkiliy qo‘mita tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
- Telefon
- (+998-95) 511-14-00
- Veb sahifa
- www.uzchess.uz
- Telegram
- t.me/Uzbchessfederation
- uzchess@inbox.ru
- Registratsiya uchun
- www.reg.uzchess.uz